Internetda UMS SIM-kartalari surati paydo bo‘ldi
1-dekabr kuni ochilishi kutilayotgan UMS mobil operatori SIM-kartalari aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Taxminlarga ko‘ra, xuddi shu SIM-kartalar 1-dekabrdan boshlab abonentlarga taqdim etiladi. Ta’kidlash joiz, ushbu fotosuratlar va unda aks etgan SIM-kartalar aynan UMS’ga tegishili ekanligi kompaniya tomonidan tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabrdan boshlab UMS o‘z rasmiy sayti va bosh ofisi devoriga o‘rnatilgan tablo orqali kompaniya ishga tushishini anglatuvchi teskari hisobni boshlagani haqida xabar bergan edik.
P.S.: UMS rasmiy web sayti (www.ums.uz) da UMS ochilishigacha bo'lgan teskari hisob paydo bo'ldi. Saytdagi rasm orqali UMS ochilishiga necha kun qolgani haqida bilib olishingiz mumkin.
Manba: Daryo.uz