» » O‘zbekistonda benzin narxi oshmasligi haqida rasmiy bayonot berildi

O‘zbekistonda benzin narxi oshmasligi haqida rasmiy bayonot berildi

O‘zbekistonda benzin narxi oshmasligi haqida rasmiy bayonot berildi

"O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi so‘nggi kunlarda Toshkent shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida paydo bo‘lgan navbatlarni izohladi. Bu haqda kompaniyaning axborot xizmati xabar bermoqda.

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida paydo bo‘lgan navbatlar aholi o‘rtasida benzinning yetarli emasligi va uning narxi oshishi haqida mish-mishlarni keltirib chiqardi.

"Bu esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, — deyiladi kompaniya axborotida. — ‘O‘zneftmahsulot’ aksiyadorlik kompaniyasi butun mas’uliyatni his qilgan holda shuni ma’lum qiladiki, respublikamizda yonilg‘i-moy mahsulotlari bilan muammo yo‘q. Respublikamizda yonilg‘i-moy mahsulotlarining xalqaro talablarga javob beradigan barcha turlari ishlab chiqarilmoqda.”

"Ayni damda esa aholining avtobenzinga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq va to‘xtovsiz qondirish bo‘yicha barcha kerakli choralar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun, hurmatli yurtdoshlar, sizlardan vahimaga tushmaslik, shuningdek, avtobenzin kamayishi va uning narxi oshishi bilan bog‘liq turli gap-so‘zga ishonmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi kompaniya xabarida.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (13-08-2014, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют