» » Nyu-Yorkda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 15 metr balandlikka ko‘tarildi

Nyu-Yorkda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 15 metr balandlikka ko‘tarildi

Nyu-Yorkda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 15 metr balandlikka ko‘tarildi

2014-yil 1-sentabr kuni Nyu-York shahrining tarixiy, madaniy va moliyaviy markazi hisoblangan Wall Street ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda "Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakilligi, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va Turkiston-Amerika ittifoqi tomonidan tashkil etildi. Marosimda AQShning ijtimoiy-siyosiy soha vakillari va OAVlari, BMTda faoliyat yurituvchi o‘zbekistonliklar, o‘zbek va buxorolik yahudiy diasporasi, shuningdek, Nyu-York aholisi va turistlar — jami 100 dan ziyod mehmon ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va AQSh madhiyalari ostida ikki mamlakatning bayroqlari 15 metr balandlikka ko‘tarildi. O‘zbekiston bayrog‘i Wall Street’da yetti kun mobaynida hilpirab turadi. E’tiborli jihati, bundan 230 yil muqaddam aynan shu ko‘chada AQSh davlat bayrog‘i yuqoriga ko‘tarilgan.

Tadbirda nutq so‘zlaganlar O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, xavfsizlikni ta’minlash va demokratik islohotlarni amalga oshirishda erishayotgan yutuqlari, O‘zbekiston xalqining boy madaniyati haqida fikr bildirdi.

Tadbirga tashrif buyurganlar uchun o‘zbek qo‘shiqlari va raqslaridan iborat madaniy dastur ham taqdim etildi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (3-09-2014, 20:25)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют