» » O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston termasi uchun yakunlandi

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston termasi uchun yakunlandi

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston termasi uchun yakunlandi

Tailand davlatida davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston termasi uchun yakunlandi. Bugun Aleksandr Mochinov shogirdlari Suriya termasiga qarshi maydonga tushdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Bu o‘yin Bangkokdagi kuchli yomg‘ir tufayli qoldirilishi ham mumkin edi. Ammo tashkilotchilar 30 daqiqaga ortga surilgan o‘yinni o‘tkazish kerak, degan fikrga keldi va qattiq yomg‘ir ostida o‘yinga start berildi.

To‘p yo‘llangan joyga yetib bormasdi, borsa ham yo‘lda yig‘ilgan suvga tegib, to‘xtardi. Xuddi stadionda suv polosi kabi o‘yin davom etdi. Bunaqa vaziyatda futbol o‘ynash yanada qiyin kechadi va kimdir omadli chiqsa, g‘alaba u tomonda ketadi. Shunday ham bo‘ldi.

Abdulrahmon Barakat O‘zbekiston darvozasini uch marta aniq o‘qqa tutdi va amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Sal keyinroq Jaddua va Anaslar ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Zaxiradan maydonga tushgan O‘zbekiston futbolchisi Shoxruh Mahmudxojiyev bitta javob golini yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. G‘aniyev esa penaltini ura olmadi. O‘yin oxirlarida yana o‘sha Mahmudxojiyev penaltidan gol urdi va hisobni biroz qisqartirdi. Natijada 2:5 hisobi qayd etildi.

Shu tariqa O‘zbekiston o‘smirlari uchun Osiyo chempionati yakuniga yetdi. O‘zbekiston vakillari Jahon chempionatiga bir qadam qolganda to‘xtadi.

AFC U — 16. Chorak final

O‘zbekiston — Suriya: 2:5

Gollar: Mahmudhojiyev, 64, 87 pen. — Abdulrahmon Barakat, 16, 30, 47, Muhammad Jadduja, 50, Anas Al Ajiy, 55

O‘zbekiston: Akrom Xo‘jayev — Ilhomjon Alijonov, Ozodbek Qurbonov, Dostonbek Berdiqulov, Doniyor Hoshimov — Oybek Nurmatov, Suhrob Nurulloyev, Islom Kenjaboyev — Jonibek Ko‘chimov, Azizjon G‘aniyev, Abdug‘ani G‘anijonov.

Suriya: Viljam, Umar, Xasan, Vasim, Muhammad, Muhammad Sasil, Ahmad, Naim G‘azal, Muhammad Jadduja, Anas, Abd al-Rahmon.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (15-09-2014, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют