» » Farrel Uilyamsning Happy taronasidan ilhomlanib klip olgan eronliklar qamoq jazosiga mahkum etildi

Farrel Uilyamsning Happy taronasidan ilhomlanib klip olgan eronliklar qamoq jazosiga mahkum etildi

Farrel Uilyamsning Happy taronasidan ilhomlanib klip olgan eronliklar qamoq jazosiga mahkum etildi

Yetti nafar Eron fuqarosi amerikalik qo‘shiqchi Farrel Uilyamsning Happy taronasiga ishlagan klipi uchun 91 darra urish va qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda Iran Wire ma’lumotiga tayanib, "Segodnya” xabar bermoqda.

International Campaign for Human Rights in Iran huquqni muhofaza qilish tashkilotining qayd etishicha, sud yoshlarni "beadab klip” suratga olganlikda va guruh a’zolari o‘rtasida qonunga zid munosabatlar o‘rnatganlikda aybdor deb topdi. Hukm 17-sentabr kuni Tehronda e’lon qilindi.

Olti nafar aybdorga 91 darra savalash va yarim yillik qamoq jazosi belgilandi. Yana bir eronlik esa bir yillik qamoq jazosiga mahkum etilib, u ham 91 bor kaltaklanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng uzoq muddatli qamoq jazosi klip rejissyori uchun belgilangan. Jazoning bajarilishi uch yilga kechiktirildi. Bu esa aybdorlar belgilangan vaqt mobaynida yana shunday videoklip suratga olsa, ular savalanib, qamoqqa jo’natilishini anglatadi.

Ma’lumot o‘rnida, Happy qo‘shigi uchun eronliklar talqinida suratga olingan klip internetda may oyida paydo bo‘lib, tezda mashhur bo‘lib ketdi. Klipda boshiga ro‘mol o‘ramagan to‘rt ayol va uch erkak Tehron ko‘chalari va uylar tomida raqsga tushayotgani tasvirlangan.

Oradan ko‘p o‘tmay, klip Eron hukumatining e’tiborini tortib, uni suratga olganlar va unda ishtirok etganlar hibsga olindi. Shundan so‘ng, qo‘lga olinganlar televideniye orqali o‘z xulq-atvori uchun uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Farrell Uilyamsning Happy videroligi muxlislar e’tiboriga havola etilgach, dunyoning turli mamlakatlarida shu nom bilan suratga olingan xilma-xil kliplar tarqala boshladi. Xususan, avgust oyining boshlarida KVN UZ vakillari Happy Tashkent klipini omma etiboriga taqdim etdi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (22-09-2014, 20:37)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют