» » Toshkentda o‘tkaziladigan Amerika kinofestivali doirasida filmlarni bepul tomosha qilish mumkin

Toshkentda o‘tkaziladigan Amerika kinofestivali doirasida filmlarni bepul tomosha qilish mumkin

Toshkentda o‘tkaziladigan Amerika kinofestivali doirasida filmlarni bepul tomosha qilish mumkin

Toshkentdagi AQSh elchixonasining "O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda tashkillashtirgan Amerika filmi yettinchi festivali 2014-yil 26—28-sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tadi.

Foto: AQSh elchixonasi matbuot xizmati

Bu yilgi festival mavzusi "Amerikada ulg‘ayish” deb ataladi. Namoyish etiladigan filmlar Amerikada voyaga yetish va amerikacha orzu uchun intilib yashash bilan bog‘liq xilma-xil voqealarni qamrab olgan. Ularda AQShdagi qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar tasvirlanib, tomoshabinlar ulardan turfa kechinmalarga boy amerikacha filmlardagi o‘ziga xoslikni oson ilg‘ab olishi mumkin. Har bir filmda amerikacha madaniyatning muhim bir tomoni namoyon bo‘ladi.

Bu yilgi festival uchun tanlab olingan filmlar qatoridan "Yonimda qol” (drama), "Yangilikfurushlar” (myuzikl), "Uzilish” (sport), "Piter Pen” (multfilm) va boshqalar joy olgan. Filmlar ingliz tilida inglizcha yoki ruscha subtitr bilan namoyish etiladi.

Festival dasturi quyidagicha:

  • Juma, 26-sentabr
    • 19:00 — "Yonimda qol” (drama)
  • Shanba, 27-sentabr
    • 12:00 — "Yangilikfurushlar” (myuzikl)
    • 15:00 — "Uzilish” (sport)
    • 18:00 — "Bruklin qal’asi” (hujjatli film)
  • Yakshanba, 28-sentabr
    • 12:00 — "Piter Pen” (multfilm)
    • 15:00 — "Rubi Bridjes” (oilaviy film)
    • 18:00 — "Ko‘rinmas tomon” (drama)

Kirish bepul. Joylar soni chegaralangani bois mehmonlardan ertaroq kelish so‘raladi.

Festivalga marhamat!

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (23-09-2014, 17:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют