» » Buyuk Britaniya fuqarosi sevgilisi uchun 305 kilogramm vazn tashladi

Buyuk Britaniya fuqarosi sevgilisi uchun 305 kilogramm vazn tashladi

Buyuk Britaniya fuqarosi sevgilisi uchun 305 kilogramm vazn tashladi

Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi 52 yoshli sobiq pochtachi Pol Meyson internetda amerikalik ayol bilan tanishgach, 305 kilogramm vazn tashladi. Bu haqda Daily Express xabar bermoqda.

Meyson Massachusets shtatida istiqomat qiluvchi 40 yoshli Rebekka Mauntin bilan Facebook’da tanishgan. Ma’lum bo‘lishicha, Rebekka Pol Meyson haqidagi hujjatli filmni tomosha qilgach, Meyson bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘langan.

Sobiq pochtachi ayol bilan romantik munosabatlar o‘rnatilishi haqida boshida taxmin ham qilmaganini tan oldi.

Avvaliga ayol Meysonning holidan xabardor bo‘lib, unga xo‘jalik yuritishda yordamlashuvchi odamni topishga ko‘mak bermoqchi bo‘lgan. Biroq Skypeda 4,5 soat davom etgan muloqotlaridan so‘ng, sobiq pochtachi va amerikalik ayol o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgara boshlagan.

Meysonning aytishicha, uning vazni sevimli insoni bilan tanishguniga qadar 445 kilogramm bo‘lgan. U har kuni jami 20 kilokaloriya beradigan mahsulotlarni iste’mol qilgan. Ma’lumot o‘rnida, kilokaloriyaning bir sutkalik normasi 2,5 ga tengdir.

Pochtachi sevib qolgach, ozishga qaror qilgan va buni uddasidan chiqqan.

Foto: express.co.uk

Foto: express.co.uk

Ayni damda Meysonni biror marotaba ham ko‘rmagan ayol Buyuk Britaniyaga kelishni rejalashtirmoqda. Meyson ham tezroq sevimli insoni bilan uchrashishini orziqib kutayotganini ma’lum qildi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (25-09-2014, 21:49)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют