» » O‘zbekiston U-19 Osiyo chempionati doirasidagi ikkinchi o‘yinda BAA yoshlari bilan durang qayd etdi

O‘zbekiston U-19 Osiyo chempionati doirasidagi ikkinchi o‘yinda BAA yoshlari bilan durang qayd etdi

O‘zbekiston U-19 Osiyo chempionati doirasidagi ikkinchi o‘yinda BAA yoshlari bilan durang qayd etdi

Myanma davlatining Yangon shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining o‘yinlari davom etmoqda. Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bugun BAA futbolchilariga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Avvaliga raqib futbolchilari 24-daqiqada standart vaziyatda hisobni ochdi. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik futbolchilar ham oldinga tashlandi va tinimsiz hujumlarni uyushtirib turdi. Mana shunday xatti-harakatlarning biri gol bilan yakunlandi. 43-daqiqada Shomurodov javob golini chiroyli tarzda BAA darvozasiga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston kichik ustunlik bilan o‘yinni boshladi. Tinib-tinchimas Zabihullo O‘rinboyev 55-daqiqada boshi bilan Muhammad Alfalah darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

BAA termasi harchand hisobni tenglashtirish uchun urinmasin, Dilshod Hamroyev darvoza xavfsizligini saqlab qola oldi. Aslida o‘yin taqdiri O‘rinboyevning yana bir aniq zarbasi bilan hal bo‘lishi mumkin edi, ammo uning so‘nggi zarbasi biroz noaniq ketdi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda BAA futbolchilari hisobni tenglashtira oldi: Ahmad Al Hashmi yana bir vaziyatni gol bilan yakunladi.

Shu tariqa O‘zbekiston muhim g‘alabani qo‘ldan chiqardi va pley-off masalasini keyingi turga qoldirdi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati

BAA — O‘zbekiston 2:2

Gol: Abdulla G‘anim (24), Ahmad Al Hashmi (90+3) – E.Shomurodov (43), Z.O‘rinboyev (55)

O‘zbekiston: Dilshod Hamroyev, Ibrohim Abdullayev, Akramjon Komilov, Javohir Sohibov, Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov, Firdavs Abdusalimov, Doston Hamdamov, Zabihillo O‘rinboyev, Doston Tursunov, Xurshid G‘iyosov.

BAA: Muhammad Alfalah, Ahmad Rashid, Abdulla G‘anim, Ali Salmin, Muhammad Abdulbosit, Xolid Abdulrahim, Xalfan Muborak, Ahmad Rabia, Abdulla Hassan, Sayyid Jassim, Marvan Ali.

 

Daryo.uz / Uff.uz

Опубликовано: MusTanG (12-10-2014, 21:04)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют