» » Shayxontohur va Yunusobodni birlashtiruvchi yangi ko‘prikdagi avtomobil yo‘li olti polosali bo‘ladi

Shayxontohur va Yunusobodni birlashtiruvchi yangi ko‘prikdagi avtomobil yo‘li olti polosali bo‘ladi

Shayxontohur va Yunusobodni birlashtiruvchi yangi ko‘prikdagi avtomobil yo‘li olti polosali bo‘ladi

Toshkentning Shayxontohur va Yunusobod tumanlarini birlashtiruvchi yangi ko‘prik tirbandlikni sezilarli darajada kamaytirishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Toshkent shahri arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i Asomiddin Tojiyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Narodnoye slovo” gazetasi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Sebzor va Qodiriy ko‘chalari kesishgan ushbu hududdan tig‘iz vaqtda 15 minggacha avtomobil o‘tadi. 900 metrga cho‘ziladigan yangi ko‘prik esa ikkala ko‘cha bir-biri bilan kesishmasligi imkonini beradi. Estakada ustidagi yo‘l olti polosali bo‘lib, o‘rtasidan bo‘luvchi chiziq o‘tkaziladi va yoritish ustunlari o‘rnatiladi.

Shuningdek, Sebzor ko‘chasida piyodalar uchun ikkita yerosti yo‘lagi quriladi. Estakadaning ikki tarafida piyodalar uchun ikkita ko‘prik ham qurilib, ular eskalatorlar bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, yashil zonalar va favvoralar qurilishi ham rejalashtirilgan.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (5-11-2014, 19:52)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют