» » Olimlar mobil telefonlarning sog‘liq uchun beziyon ekanligini isbotladi

Olimlar mobil telefonlarning sog‘liq uchun beziyon ekanligini isbotladi

Olimlar mobil telefonlarning sog‘liq uchun beziyon ekanligini isbotladi

Mobil telefonlar va elektr uzatish liniyalaridan ajraladigan elektromagnit nurlanish inson sog‘lig‘iga zarar keltirmaydi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti olimlariga tayanib, The Telegraph xabar berdi.

Olimlar mobil qurilmalarning elektromagnit maydonlari bepushtlik va saratonni keltirib chiqarishi, shuningdek bolalarda oqqonlik paydo bo‘lishiga olib kelishi haqidagi gipotezani tekshirib ko‘rishga qaror qildi.

Manchester kimyogarlari kuchsiz magnit maydonining flavoproteinlar — asab tizimini boshqarishda va DNKning qayta tiklanishida muhim rol o‘ynovchi oqsillarga ta’sirini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, nurlanish ularning faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

"Flavoproteinlar elektronlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib o‘tkazadi. Bu yo‘lda ko‘pincha tez parchalanadigan radikal juftliklar paydo bo‘ladi. Ular ishtirokidagi biokimyoviy reaksiyalar elektromagnit nurlanishlar ta’siri ostida zarar ko‘rish uchun nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq odam organizmidagi reaksiya sharoitlari ostida kuchsiz magnit maydonining biokimyoviy ta’siri nulga intiladi”, — dedi tadqiqot mualliflaridan biri Aleks Jons.

"Shubhasiz, qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi, biroq bu tajriba bizga elektr uzatish liniyalari, mobil telefonlar va shunga o‘xshash boshqa qurilmalar inson uchun xavfsiz ekanligini yetarlicha aniqlik bilan aytish imkonini beradi”, — dedi maqolaning yana bir muallifi Nayjel Skratton.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (11-12-2014, 09:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют