» » Xonanda Manzuraning 3-fevraldagi konserti qoldirilgani xabar qilindi

Xonanda Manzuraning 3-fevraldagi konserti qoldirilgani xabar qilindi

Xonanda Manzuraning 3-fevraldagi konserti qoldirilgani xabar qilindi

Xonanda Manzuraning 3-fevraldagi konserti qoldirildi. Bu haqda "Darakchi” gazetasi muxbiri Qamariddin Shayxov Instagram’dagi sahifasida bergan xabariga asoslanib "Kun.uz” ma’lum qildi.

Avvalroq, xonanda Manzura 1−3-fevral kunlari davomida "Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi haqida xabar berilgan edi.

"Sayyod.com”, "PopCorn.uz” kabi o‘zbek shou-biznesini yoritib boruvchi saytlar Manzuraning konserti ajoyib tarzda o‘tayotgani haqida xabar bergan edi.

"2-fevral kuni konsertdan so‘ng "Istiqlol” san’at saroyida tobi qochgan Manzurani yurak xastaligi bilan kasalxonaga olib ketishdi. Xonandaning hozirgi ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q”, – deb yozadi Qamariddin Shayxov.

Qayd etish joiz, Manzuraning konsertida boshlovchilik qilgan Davron Kabulov 3-fevralga o‘tar kechasi o‘z Instagram’ida mavhum qilib, tez yordam mashinasi suratini qo‘ygan, suratga izoh bildirganlar orasida Manzuraga shifo tilaganlar ko‘p.

"Bugun Manzurani yakkaxon konsertining 3 kuni, uning betobligi tufayli bekor qilindi. Tashkilotchilar konsert uchun bilet sotib olgan tomoshabinlar, o‘z biletlari pulini kassadan bemalol qaytarib olishlari mumkinligini ma’lum qilishdi”, – deb yozadi "Fattohhon.com” sayti.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (3-02-2015, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют