» » Omad Argentinani finalga olib chiqdi

Omad Argentinani finalga olib chiqdi

Omad Argentinani finalga olib chiqdi

O‘yin haqida ko‘p to‘xtalib o‘tmoqchi emasmiz. Juda yorqin kechishi kutilgan o‘yin, kutilmaganda ko‘pchilikni taxminlarini puchga chiqardi. 


Uchrashuv asosan maydon markazida kechdi. Asosiy vaqtda deyarli xavfli vaziyatlar kuzatilmadi. Qo‘shimcha taymda Rodrigo Palasioning juda qulay imkoniyatga chiqib boragani va Silessen to‘pni egallab olganini ta’kidlab o‘tish mumkin.

Gollandiya tarkibida kutilganidek Aren Robben qolgan futbolchilarga nisbatan faol va harakatchang bo‘ldi. Argentinadan esa Maskeranoning o‘yinini alohida aytib o‘tish mumkin.

Umuman jamoalar himoyada ancha ehtiyotkorlik bilan harakatlanishdi va deyarli orqa chiziqda xatolar kuzatilmadi.

Sokinlik ostida kechgan 120 daqiqadan so‘ng bellashuvni boshqarib borgan Junayt Chaqirning xushtagi yangradi va navbat hal qiluvchi pallaga yetib keldi. Penaltilar seriyasida o‘tgan gal omadi kelgan uchar-gollandlarning "qanoti" Tim Krul bu safar Lui van Gaal tomonidan maydonga tushirilmadi. Silessen esa "lotoreya" bahsida Tim Krul ko‘rsatgan jasoratni namoyish qilolmadi va hech bir zarbani bartaraf eta olmadi.


Argentina posboni Romero esa avvaliga Vlaarni, keyinchalik esa Sneyderni urinishlarini yo‘qqa chiqardi va jamoasini finalga olib chiqdi.


Endi yarim finalda omadsizlikka uchragan Braziliya hamda Gollandiya jamoalari uchinchi o‘rin uchun bahsda o‘zaro bellashishadi.

Mundialning hal qiluvchi uchrashuvida esa Germaniya Argentina bilan to‘qnash keladi. 1990 yilgi final takrorlanadi.

Messi vatandoshlari 1990 yilgi va o‘tgan mundialdagi qaqshitkich zarbaga javob qaytara olishadimi? Yoki "nemis mashinasi" o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishda davom etadimi? Bu savollar javobini yaqin kunlar ichida bilib olamiz!

Finalda ko‘rishguncha...

JCh-2014. Yarim final

GOLLANDIYa – ARGENTINA 0:0 (pen. 2:4)

Bosh hakam
: Junayt Chaqir (Turkiya).


Gollandiya:Silessen, Vlaar, De Vrey, Martins Indi (Yanmat, 46), Blind, De Yong (Klasi, 62), van Persi (Xuntelaar, 96), Sneyder, Kuyt, Veynaldum, Robben.

Argentina: Romero, Garay, Sabaleta, Biglia, Perez (Palasio, 82), Iguain (Aguero, 82), Messi, Maskerano, Demichelis, Roxo, Lavezzi (Maksi Rodrigez, 100).

Ogohlantirishlar: Martins Indi (45), Demichelis (49), Xuntelaar (105).
 
 

Manba: championat.asia

Опубликовано: MusTanG (10-07-2014, 11:20)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют