» » Germaniya — to‘rt karra jahon chempioni!

Germaniya — to‘rt karra jahon chempioni!

Germaniya — to‘rt karra jahon chempioni!

Juda ham qiziqarli o‘tgan Jahon chempionatining final bahsi ancha qiziqarli o‘tdi. Garchi asosiy vaqtda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, muxlislar Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni 120 daqiqa davomida kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi va futboldan maroqlanishdi. Bu haqda Stadion.uz xabar beradi.
 

Argentinaliklardan boshqa barcha finalda Germaniyani favorit deb bilayotgandi. Alexandro Sebalya shogirdlari esa avvalgi 5 ta o‘yinni butunlay unutgan holda, final bahsiga juda katta ishtiyoq bilan chiqib kelishdi. Murabbiy o‘yindan oldin ta’kidlaganidek, argentinaliklar Germaniya terma jamoasi futbolchilarining ko‘zini ochishiga, erkin harakat qilishiga, o‘z o‘yinini topib olishiga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi.

Ana shunday bosim va pressing natijasida Germaniya himoyachisi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Mudofaa vakili deyarli maydon markazidan bosh bilan to‘pni orqaga — darvozabonga uzatayotganida Iguain passiv ofsaydda to‘pni qabul qildi va oldinga intildi. Gonsaloda turli variantlar bor edi. U oldinroqqa yurishi, darvozabonga yaqin borishi mumkin edi. Ammo u jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darhol zarba berishga qaror qildi va noaniq zarba berdi!

Birinchi bo‘lim so‘ngida jamoalarda yana bir nechta imkoniyatlar yuzaga keldi. Shyurrlening 12—13 metrlardan yo‘llagan zarbasini Romero maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Messi oldinga o‘tdi. Bir himoyachidan qochib ketdi va o‘tkir burchak ostida Noyer oldigacha yaqinlashib keldi hamda to‘pni uning yonida sekin dumalatib o‘tkazdi. Yordamga yetib kelgan germaniyalik himoyachi to‘pni qaytarib yubordi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa darvoza ustuni larzaga keldi! Burchakdan yetkazilgan to‘pni Xyovedes bosh bilan darvozaga yo‘lladi. To‘p esa darvoza ustuniga tegib, Myullerga kelib tushdi. To‘p Myullerga tegib, darvozaga kirib ketayotganida Romero to‘pni egallab oldi, boz ustiga, Myuller ofsaydda qolgandi.

Ikkinchi bo‘limni Argentina juda kuchli boshladi. Jamoadoshlaridan biri Messini juda chiroyli pas orqali darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Leoning o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasiga birozgina aniqlik yetishmadi — to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, janubiy amerikaliklar pressingni biroz pasaytirishi oqibatida nemislar o‘zlarining pozitsion hujumlarini tashkil qila boshlashdi. Shunday hujumlar natijasida uyushtirilgan hujumni yakunlashda yevropaliklarga biroz omad yetishmadi. Natijada Ritssoli qo‘shimcha bo‘limlarni belgiladi.

Qo‘shimcha bo‘limlarni Germaniya kuchli tarzda boshladi. Shyurrle chap qanotda to‘pni O‘zilga uzatdi, ammo o‘zi himoyachiga urilib yiqildi. To‘pni jarima maydonchasi ichida O‘zil qabul qilganini ko‘rgan Ritssoli o‘yinni to‘xtatmadi va Shyurrle o‘rnida turib oldingi bordi va Mesutdan to‘pni qabul qildi va 9—10 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Romero to‘pni qaytardi!

Oradan ko‘p o‘tmasdan argentinaliklar o‘yin taqdirini hal qilishlari mumkin edi. Chap qanotdan yuqorilatib yetkazilgan to‘pni Palasio ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va darvoza tomon yaqinlashdi. Rodrigo posbonning ustidan oshirib, darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi! Ammo noaniq bo‘ldi zarba.

O‘yinning 113-daqiqasida esa kutilmaganda to‘p Argentina darvozasidan o‘rin oldi. Hujumning boshlanishidan uning xavfli ko‘rinishga kelishini hech kim kutmagandi. Shyurrle chap qanotdan bir futbolchini aldab o‘tib, burchakdagi bayroqcha yonigacha bordi va to‘pni jarima maydonchasi tomon uzatdi. Argentinaliklar Gyotseni nazoratsiz qoldirishdi. Mario esa to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va uni yerga tushirmasdan darvozani ishg‘ol qildi!

Bu Germaniya qo‘shimcha bo‘limlarga 4 daqiqa qo‘shib berilsa ham, chempionlikni qo‘ldan chiqaradigan jamoa emasdi.

Germaniya — jahonning to‘rt karra chempioni! Germaniya — Amerika qit’asida o‘tkazilgan Mundialda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ilk Yevropa jamoasi! Tan olish kerak, musobaqadagi eng kuchli jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 
Опубликовано: MusTanG (14-07-2014, 11:58)
+5 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют