WWW.XIT.UZ » Muxim Voqealar » Angrenda supermarket binosi yonib ketdi
Angrenda supermarket binosi yonib ketdi
Shahar o‘t o‘chirish boshqarmasining ma’lum qilishicha, bozor hududida
joylashgan savdo nuqtasi yonayotgani haqidagi xabar 15-iyul soat 01:10
da qo‘ng‘iroq orqali berilgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga tezlikda bir
nechta o‘t o‘chirish mashinasi yuborilgan.
320 kvadrat metrlik hududni qamrab olgan yong‘in darajasi e’tiborga olinib, qo‘shimcha yordam chaqirildi. Yong‘in jami 11 ta o‘t o‘chirish mashinasi yordamida o‘chirildi. Jabrlanganlar qayd etilmadi.
Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, u supermarket yonidagi novvoyxona binosidan o‘tgan.
Daryo.uz
(голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?