» » Ruslan Chagayev: “Men o‘zbekistonlikman! Reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”

Ruslan Chagayev: “Men o‘zbekistonlikman! Reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”

Ruslan Chagayev: “Men o‘zbekistonlikman! Reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”

Ushbu jangdan oldin Ruslan Chagayev sharafiga Rossiya madhiyasi yangragani turli gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi, deb yozadi Uff.uz. Ko‘pchilik Chagayev Rossiya fuqaroligini olganligi haqida fikr bildirdi.

Biroq hamyurtimizning o‘zi bu gap-so‘zlarni rad etib chiqdi. U Rossiyaning Sovsport.ru saytiga bergan intervyusida bu haqda gapirib o‘tdi.

"Jangdan oldin Sizning sharafingizga Rossiya madhiyasi yangragani ko‘pchilikni ajablantirdi. Siz fuqaroligingizni o‘zgartirdingizmi yoki bu jang tashkilotchilarining g‘oyasimidi?”, — degan savolga javoban, Chagayev fuqaroligini o‘zgartirmaganini ta’kidladi. "Men O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib qolaman. Jang Rossiyada bo‘layotgani tufayli tashkilotchilar shunday yo‘l tutishga qaror qilishdi, — dedi u. — Buning ustiga men ushbu jangga Grozniydagi "Ahmat” klubida tayyorgarlik ko‘rdim. Ammo reglament bo‘yicha O‘zbekiston madhiyasi yangrashi kerak edi”.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (8-07-2014, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют