» » Toshkentda Samsung Galaxy S5 smartfoni taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)

Toshkentda Samsung Galaxy S5 smartfoni taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)

Toshkentda Samsung Galaxy S5 smartfoni taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)

12-aprel kuni soat 17:00 da Toshkentdagi "Turkiston” saroyining yozgi maydonida Samsung Electronics kompaniyasi yangi Galaxy S5 flagman smartfonini taqdim etdi.

Foto:

Foto: "Daryo”

Samsung Galaxy S5 smartfoni taqdimoti kutilmagan holatlarga boy bo‘ldi. Ochiq havoda, yomg‘ir ostida boshlangan taqdimotni aktyor Alisher Uzoqov va Comedy.uz rezidenti — Arsen olib bordi. Taqdimot boshida DJ Petishka va DJ Ochil o‘zlarining iste’dodini namoyish etdi.

Boshlovchilar: Alisher Uzoqov va Arsen. Foto:

Boshlovchilar: Alisher Uzoqov va Arsen. Foto: "Daryo”

Foto:

Foto: "Daryo”

Taqdimotda turli ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazilib, g‘oliblarga kompaniya tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dastlab raqs musobaqasi tashkil qilindi. Unda raqsga tushgan ishtirokchilar tomoshabinlar qarsaklari yordamida baholandi. Eng yaxshi raqqos, deb baholangan bolaga futbolchi Lionel Messining imzosi tushirilgan koptok taqdim etildi.

Messi imzosi tushirilgan koptok g‘olibi. Foto:

Messi imzosi tushirilgan koptok g‘olibi. Foto: "Daryo”

Doirachilar. Foto:

Doirachilar. Foto: "Daryo”

Doira sadolari ostida tadbir davom etdi. Keyin yana raqs musobaqasi o‘tkazildi. Unda ham tomoshabinlarning eng ko‘p olqishiga sazovor bo‘lgan qiz Samsung Galaxy S4 smartfonini qo‘lga kiritdi. Qizga sovg‘ani Comedy.uz rezidentlari topshirdi va o‘zlarining hazil-mutoyibalari bilan tadbirni davom ettirdi.

So‘ngra estrada vakili Munisa Rizayeva o‘zining sho‘x taronalarini tomoshabinlar ixtiyoriga havola etdi.

Raqs musobaqasi. Foto:

Raqs musobaqasi. Foto: "Daryo”

Galaxy S4 yutib olgan ishtirokchi. Foto:

Galaxy S4 yutib olgan ishtirokchi. Foto: "Daryo”

Munisa Rizayeva. Foto:

Munisa Rizayeva. Foto: "Daryo”

Keyin Samsung kompaniyasi direktori Galaxy S5 smartfonini rasman e’lon qildi. Yangi smartfon haqida katta ekranda ma’lumot berildi.

Samsung kompaniyasi direktori. Foto:

Samsung kompaniyasi direktori. Foto: "Daryo”

Shundan so‘ng xonanda Lola va DJ Piligrim ijrosida sho‘x qo‘shiqlar yangradi.

Lola. Foto:

Lola. Foto: "Daryo”

DJ Piligrim. Foto:

DJ Piligrim. Foto: "Daryo”

Taqdimot davomida Experience Zone ham tashkil etilib, unda kompaniya vakillari tashrif buyuruvchilarga yangi telefonning xususiyatlari va texnologik afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ishtirokchilar nafaqat Galaxy S5, balki Gear Fit va Gear 2 aqlli soatlari bilan ham tanishish va ulardan foydalanib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Experience Zone 4 bo‘lim: Camera, S-Health, IP67 Protection, Security’dan iborat bo‘ldi. Barcha bo‘limlarga tashrif buyurib, talonga muhr qo‘ydirgan ishtirokchilar lotereyada qatnashdi.

S-Health bo‘limi. Foto:

S-Health bo‘limi. Foto: "Daryo”

Foto:

Foto: "Daryo”

So‘nggi, eng asosiy o‘yin lotereya bo‘ldi. Barcha ishtirokchilarning talonlari bilan to‘ldirilgan baraban katta sahnaga olib chiqildi. Undan kompaniya direktori bir talonni olib, kodini e’lon qildi. Eng omadli ishtirokchi Samsung Galaxy S5 smartfonini yutib oldi.

G‘olib sahnaga chiqqunicha Rossiyaning taniqli xonandasi Vera Brejneva qo‘shiq kuyladi. Lotereya g‘olibi sovrinni Vera Brejneva qo‘lidan qabul qilib oldi.

Lotereya o‘yini. Foto:

Lotereya o‘yini. Foto: "Daryo”

Vera Brejneva. Foto:

Vera Brejneva. Foto: "Daryo”

Vera Brejneva. Foto:

Vera Brejneva. Foto: "Daryo”

Vera Brejneva. Foto:

Vera Brejneva. Foto: "Daryo”

Lotereya g‘olibi Vera Brejneva hamda Samsung kompaniyasi direktori bilan. Foto:

Lotereya g‘olibi Vera Brejneva hamda Samsung kompaniyasi direktori bilan. Foto: "Daryo”

Taqdimot tomoshabinlar ishtirokidagi o‘yin-kulgu bilan yakunlandi.

Foto:

Foto: "Daryo”

Foto:

Foto: "Daryo”

Ta’kidlash joiz, yangi Samsung Galaxy S5 mukammalashgan kamera, ma’lumotlarni yuqori tezlikda yetkazish imkoniyati, keng qamrovli fitnes-dasturlar tanlovi va ishonchli himoyaga ega. Uning avvalgi Galaxy’lardan farqi 16 megapikselli kamera, S Health 3.0 xizmati (qadamo‘lchagich, parhez, jismoniy mashqlarni qayd etish va eng yangisi — puls datchigi), IP67 standartlari bo‘yicha himoya vositasi (chang, namlik, qum va hatto, suvdan ham himoyalangan), barmoq izlari biometrik skaneri va zamonaviy tashqi ko‘rinishga ega ekanligidadir.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (15-04-2014, 13:11)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют