» » O‘zbekistondagi birinchi kurash maktab-internati Surxondaryoda ochiladi

O‘zbekistondagi birinchi kurash maktab-internati Surxondaryoda ochiladi


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyatida maktab o‘quvchilari uchun sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etilmoqda. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytida xabar berildi.

2015-2016-o‘quv yilidan boshlab Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi 20-sonli umumta’lim maktabi negizida tashkil etilayotgan mazkur maktab-internatning maqsadi iqtidorli yoshlarni milliy kurash bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda shu asosda mamlakat terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirishga qaratilgan.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblangan ushbu dargohning umumiy kontingenti 100 nafar 5-9-sinf o‘quvchilaridan tashkil etilib, sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan, milliy kurash bilan shug‘ullanishda zarur sport ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, umumta’lim maktabining 4-sinfini tugatgan (10-11 yosh) va tanlov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Maktab-internatga har yili tanlov asosida 20 nafar qobiliyatli o‘quvchi 5-sinfga qabul qilinib, malakali murabbiylardan milliy kurash sirlarini o‘rganadi. Mazkur maktab-internat o‘quvchilari umumta’lim fanlarini muassasaga yaqin atrofda joylashgan maktablarda o‘rganadi.

Hozirda hamkor tashkilot va idoralar bilan mazkur maktab-internatning nizomi, o‘quv-mashg‘ulotlar rejasi, o‘quvchilarni tanlab olish tartibi bo‘yicha nizom ishlab chiqilmoqda.

 

Manbaa: Daryo.uz

Опубликовано: ProSamo (12-03-2015, 21:21)
+5 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют