» » Artel kompaniyasi Mitsubishi bilan hamkorlik qiladi

Artel kompaniyasi Mitsubishi bilan hamkorlik qiladi

Artel kompaniyasi Mitsubishi bilan hamkorlik qiladi

14-iyul kuni Toshkentga Mitsubishi Corporation’ning MDH davlatlari bo‘yicha prezidenti o‘rinbosari Takaxisha Miyauchi boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida korporatsiya O‘zbekistonning Artel kompaniyasi bilan hamjihatlik to‘g‘risida memorandum imzolab, kelgusidagi hamkorlik shartlarini belgilab oldi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Artel kompaniyasi vakillarining ma’lum qilishicha, hamkorlikning birinchi bosqichi Toshkentda Markaziy Osiyo, MDH, Yaqin va Uzoq Sharq hamda Janubiy Amerika davlatlari uchun mo‘ljallangan konditsionerlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, Artel yaponiyalik mutaxassislar bilan o‘zining ishlab chiqarish bazasini zamonaviy, yuqori sifatli, avtomatlashtirilgan jihozlar hamda Mitsubishi Corporation’ning talablariga javob bera oladigan tajribali ishchi va texnologiyalar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Loyiha 2015-yil so‘ngida ishga tushishi kutilmoqda. Mahsulotlar Mitsubishi savdo belgisi ostida ishlab chiqariladi.

Bundan avvalroq Artel kompaniyasi jahon bozorlariga keng ko‘lamdagi mahsulotlar bilan chiqishi haqida xabar bergan.

Ma’lumot uchun, Artel hozirda maishiy texnika va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishda bir qator dunyo brendlari bilan hamkorlik qilmoqda.

 

Daryo.uz

 

Опубликовано: MusTanG (21-07-2014, 21:24)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют